Банк
23 декабря 2022

MDH mamlakatlariga telefon raqami bo‘yicha pullar qanday o‘tkaziladi

Chet ellik fuqarolar uchun Tinkoff Black kartasidan Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Armanistondagi yaqinlarga telefon raqami bo‘yicha tez pul o‘tkazish mumkin

Chet elga pul o‘tkazmalari yuborish uchun qanday karta kerak

Tinkoff orqali xalqaro pul o‘tkazmalari uchun Tinkoff Black debet kartasi kerak bo‘ladi. Karta olish uchun saytda ariza to‘ldirish va unda FISh, mobil telefon raqami va tug‘ilgan kun sanasini ko‘rsatishning o‘zi yetarli. Agar Rossiya norezedenti bo‘lsangiz, sizga quyidagi hujjatlardan biri kerak bo‘ladi: migratsion karta, ishlash uchun patent, yashash uchun ruxsatnoma yoki viza bo‘lishi mumkin — hujjat turi shaxsning fuqaroligiga bog‘liq bo‘ladi.

Arizada biz karta olish uchun sizga qulay bo‘ladigan vaqt va joyni — masalan, uy manzilingiz yoki ish joyingizni ko‘rsatishingizni so‘raymiz. Belgilangan kunda bank vakili sizga kartani va hisob raqami bo‘yicha hujjatlarni olib keladi. Biz sizga uchrashuvdan avval uchrashuv to‘g‘risida eslatuvchi SMS xabar yuboramiz. Siz kartadan uchrashuvdan so‘ng darhol foydalanishingiz mumkin: shunchaki istalgan bankning bankomatida hisobingizni naqd pul bilan to‘ldiring yoki boshqa bankning kartasidan Tinkoff kartasiga pul o‘tkazing — kartani to‘ldirish uchun komissiya olinmaydi.

Kartadan foydalanish uchun, masalan, chet elga pul o‘tkazish uchun Tinkoff ilovasini yuklab oling va o‘rnating. Bu sizning hisobingizga kirish kaliti. U orqali siz masalan, mobil xizmatlar va patent uchun oson to‘lov qilishingiz yoki o‘z‑o‘zini band qilishni rasmiylashtirishingiz mumkin.

Tug‘ilgan kuningiz sanasidan PIN‑kod tariqasida foydalanmang. Bunday parolni oson bilib olish mumkin va telefoningiz begona qo‘llarga tushib qolsa, firibgarlar pullaringizni o‘zlashtirishlari mumkin.

Telefon raqami bo‘yicha MDH mamlakatlariga pul o‘tkazish qancha turadi.

Chet elga pul jo‘natish narxi jo‘natilayotgan summaga va oluvchinig valyutasiga bog‘liq bo‘ladi.

O‘tkazma uchun komissiya. Oyiga 20 000 ₽ gacha o‘tkazma bepul — komissiya bo‘lmaydi. Agar siz ko‘proq pul o‘tkazsangiz, o‘tkazma summasining 1% miqdorida komissiya olinadi.

Masalan, siz har oy chet elga 50 000 ₽ o‘tkazishingiz kerak. Bunday holda, siz 20 000 ₽ bepul o‘tkazasiz va 30 000 ₽ miqdoridan 1% — 300 ₽ komissiya olinadi. O‘tkazma vaqtida biz 50 300 ₽ yechib olamiz.

Komissiyasiz qanday qilib ko‘proq pul o‘tkazish mumkin. Tinkoff Pro obunasini ulang. U bilan komissiyasiz oyiga 50 000 ₽ o‘tkazish mumkin. Agar ko‘proq o‘tkazish lozim bo‘lsa, unda 1% komissiya limitdan yuqori summadan yechiladi.

Obuna shuningdek, Tinkoff xizmatining boshqa shartlarini ham yaxshilaydi, masalan, kartaga bepul texnik xizmat ko‘rsatish va xabarnomalar, xaridlar uchun ko‘proq keshbek, Tinkoff dan 600 daqiqalik bepul aloqa. Birinchi oy obuna bepul, keyin esa oyiga 299 ₽.

Tinkoff Pro to‘g‘risida ko‘proq bilish va ulash

Rublda jo‘natasiz → oluvchining mamlakati valyutasida tushirib beramiz. Odatda Tinkoff kursi, oluvchining davlatidagi markaziy bank kursidan bir oz farq qiladi. Kamdan‑kam holatda, kurs iqtisodiy yoki siyosiy voqealar sababli ko‘proq farq qilishi mumkin.

Telefon raqami orqali chet elga qanday pul o‘tkazish mumkin.

Telefon raqami o‘rqali siz Armanistonga, O‘zbekistonga, Tojikistonga va Qirg‘izistonga o‘tkazma yuborishingiz mumkin.

Buning uchun mana nima qilish kerak bo‘ladi:

  1. Tinkoff ilovasida «Платежи» bo‘limiga bosing, so‘ngra «Переводы по телефону» bo‘limidagi kiritish qatoriga
blog image
  1. Ochilgan ekranda o‘tkazmani oluvchining raqamini kontaktlar ro‘yxatidan tanlang yoki bayroq tugmasiga bosing va pul o‘tkazayotgan davlatni tanlang. Shundan so‘ng, o‘tkazmani oluvchining raqamini ro‘yxatdan tanlang yoki uning telefon raqamini qo‘lda kiriting.
blog image
  1. Telefon raqami bo‘yicha oluvchining kartasi hisobi bog‘langan bank avtomatik tarzda qo‘shiladi. Agar banklar bir nechta bo‘lsa, ro‘yxatdan kerakligini tanlang.
blog image
  1. O‘tkazma summasini rublda yoki milliy valyutada kiriting. Biz amaldagi konvertatsiya kursini ko‘rsatamiz.
blog image
  1. Agar o‘tkazma uchun komissiya bo‘lsa, siz uni ekranda yakuniy summa oldida ko‘rasiz.
blog image
  1. 6. «Перевести» tugmasini bosing. Tayyor! O‘tkazma shu ondayoq oluvchining hisob raqamiga tushadi.

Agar siz ro‘yxatda pul o‘tkazish uchun mos bank yoki mamlakatni topmagan bo‘lsangiz, karta raqami bo‘yicha pul o‘tkazmasidan foydalanishingiz mumkin.

Buni qanday qilish mumkin

Tinkoff Black kartasi yana nima uchun kerak bo‘ladi

Tinkoff Black nafaqat chet elga foydali o‘tkazmalar qilish uchun qulay. Siz undan asosiy karta sifatida ham foydalanishingiz mumkin.

Patent uchun to‘lov. Patentni tezda uzaytirish uchun, Migratsiya markazining saytida onlayn-shaklni to‘ldiring va Tinkoff kartasining rekvizitlarini ko‘rsating. Agar sizda kvitansiya bo‘lsa, uni QR‑kod yordamida to‘lash mumkin. Tinkoff ilovasida «Платежи» → «Действия» → «Оплатить по QR или фото» qatorini tanlang.

Oylik maosh olish. Tinkoff Black kartasiga siz ish beruvchidan maosh olishingiz mumkin, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hisob ochishingiz yoki kartani YaTT hisobiga bog’lashingiz mumkin. Buning uchun ish beruvchingizdan ish haqqini kartangizga to‘lashini so‘rang va unga hisob rekvizitlarini bering. Oylikni qanday qilib Tinkoff Black ga o‘tkazish

Bepul naqd pul yechish. Agar naqd pul kerak bo‘lsa, ularni har doim kartadan bankomatda yechib olish mumkin. Tinkoff Black kartasi shunisi bilan qulay‑ki, u komissiyasiz naqd pul yechish imkonini beradi: Tinkoff bankomatlarida — istalgan miqdorda va boshqa banklarning bankomatlarida — 3 000 dan 100 000 ₽ gacha.

Karta hisobini komissiyasiz to‘ldirish. Siz kartaga pul mablag‘larini cheklovlarsiz istalgan bankomat orqali bepul kiritishingiz, shuningdek, boshqa banklarning kartalaridan to’ldirishingiz mumkin. Misol uchun, agar siz boshqa bankda maosh olsangiz, uni qarindoshlaringizga pul yuborish uchun, Tinkoff Black kartasiga bepul o‘tkazishingiz mumkin.

Yaqinlar uchun bepul karta rasmiylashtirish. O‘zingizning Tinkoff Black kartangizga boshqa shaxs nomiga qo’shimcha plastik karta chiqarishingiz mumkin. Qo‘shimcha kartani chet eldagi qarindoshlaringizga bermoqchi bo‘lsangiz, uni Rossiyada olib, o‘zingiz ularga mustaqil ravishda yetkazishingiz kerak bo‘ladi.

Qo‘shimcha kartaga qanday buyurtma beriladi:

  • Tinkoff ilovasida «Главная» bo‘limini oxirigacha skroll qiling va «Открыть новый счет или продукт» tugmasini bosing.
  • Undan so‘ng «Заказать допкарту» → «Допкарта Tinkoff Black» tugmasini tanlang.
  • Kartadan kim foydalanishini tanlang: uni o‘zingiz yoki boshqa odam uchun chiqartirishingiz mumkin
Банк
23 декабря 2022

Как вам статья?

Оформите дебетовую карту Tinkoff Black

Выгодная карта для переводов за рубеж и не только