Karta olish uchun ariza

Tinkoff Black kartasini olish uchun chet el fuqarosiga nimalar kerak bo‘ladi?

Bank saytida ariza to‘ldiring, bu besh daqiqa vaqtingizni oladi. Ariza berilganidan keyin biz karta olish uchun sizga qulay bo‘ladigan vaqt va joyda uchrashishni tayinlashni taklif qilamiz. Kartani yetkazib berish bepul.
Bank vakillari bilan uchrashuv arafasida biz uchrashuvga qaysi hujjatlarni olib kelish kerakligini eslatgan holda xat yuboramiz. Bu migratsiya kartasi, ishlash uchun patent, yashash uchun ruxsatnoma yoki viza bo‘lishi mumkin — hujjat turi shaxsning fuqaroligiga bog‘liq bo‘ladi.

Bank kartasini olish uchun arizani qanday bersa bo‘ladi?

Quyidagi ko‘rsatmalarga amal qiling:
  1. Bank saytida ariza to‘ldiring.
    Arizada to‘liq ism, telefon raqami, tug‘ilgan sana va kartani yetkazib berish mumkin bo‘lgan manzilni ko‘rsatish kifoya. Shakl sizning ismingizni lotin alifbosida yozishni taklif qiladi, uni kartaga tushirish kerak bo‘ladi.
    Agar sizda RF fuqaroligi bo‘lmasa, ariza berish uchun sizga chet el pasporti va Rossiyada bo‘lish huquqini tasdiqlovchi hujjat kerak bo‘ladi.
  2. Ariza ma’qullanishini kuting va siz uchun qulay bo‘lgan joyda va vaqtda kartani olish uchun uchrashuv tayinlang.
    Kartani yetkazib berish bepul. Kartani faqat Rossiya Federatsiyasi hududida olish mumkin. Karta mening shahrimga yetkaziladimi
  3. 1—2 kun ichida bank vakili sizga kartani olib keladi.
    Agar arizada siz kartani olish qulay bo‘lgan joy va vaqtni ko‘rsatgan bo‘lsangiz, uchrashuv kuni sizga eslatma bilan SMS keladi va belgilangan vaqtdan taxminan bir soat oldin sizga bank vakili qo‘ng‘iroq qiladi. Uchrashuvda sizga arizada ko‘rsatilgan barcha hujjatlar kerak bo‘ladi. Men kartani qanday qilib olaman

Debet kartani rasmiylashtirish uchun qanday hujjatlar kerak?

Karta olishga ariza berish uchun to‘liq ismi-sharifingiz, tug‘ilgan sanangiz, telefon raqamingiz va pasport ma’lumotlaringiz kerak bo‘ladi.
Agar sizda Rossiya fuqaroligi bo‘lmasa, kartani olish uchun uchrasuvda Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lishingizni tasdiqlovchi hujjatlar kerak bo‘ladi. Bu migratsiya kartasi, ishlash uchun patent, yashash guvohnomasi yoki viza bo‘lishi mumkin — bu fuqarolikka bog‘liq bo‘ladi. Agar sizda Rossiya fuqaroligi bo‘lsa, sizga faqat Rossiya pasporti kerak.

Tinkoff Black kartasini kim olishi mumkin?

14 yoshdan oshgan Rossiya fuqarosi yoki mamlakatda qonuniy istiqomat qiluvchi chet el fuqarosi. Karta uchun ariza ma’qullangandan keyin, bank siz uchun hisob raqami ochadi va ushbu hisob raqamiga kartani chiqaradi. Kartada hisob egasining ismi ko‘rsatiladi.
Qo‘shimcha bank kartasini kimga istasangiz: turmush o‘rtog‘i, ota-onasi yoki do‘sti uchun tayyorlatish mumkin. Qo‘shimcha karta egasi uning yordamida sizning hisobingizdagi puldan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Siz limit o‘rnatishingiz mumkin — shunda qo‘shimcha karta egasi ma’lum summadan ortiq pul sarflay olmaydi. Agar siz qo‘shimcha kartani yaqinlaringizga bermoqchi bo‘lsangiz, kartani Rossiyada oling va ularga mustaqil ravishda o‘zingiz yetkazing. Buning uchun Tinkoff ilovasida: «Главная» → «Открыть новый счет или продукт» → «Заказать допкарту» → «Для себя» ni bosing.
Tinkoff ilovasi yoki tinkoff.ru dagi shaxsiy kabinetingiz orqali qo‘shimcha karta uchun limitni o‘rnatishingiz mumkin.
1.  Ilovada kartani tanlang → «Лимит по карте» yoki agar siz uni birinchi marta o‘rnatayotgan bo‘lsangiz, «Установить лимит» ni tanlang.
Shaxsiy kabinetingizda hisoblar ro‘yxatidan kartani tanlang  → «Лимиты».
2.  Qo‘shimcha karta bo‘yicha sarflanishi mumkin bo‘lgan summani kiriting.
3.  Limit turini tanlang:
  • haftasiga — limit har hafta yangilanadi;
  • oyiga — limit har oy yangilanadi;
  • muddatsiz — karta bo‘yicha tanlanganidan ko‘proq summani sarflash mumkin bo‘lmaydi. Ruxsat etilgan summa sarflanganda, limitni yangilash yoki uni har oylik qilish mumkin bo‘ladi.
4.  «Готово» ni bosing — limit o‘rnatildi.
Internetda xaridlarni cheklash uchun, kartani tanlang →  pastga «Настройки карты» bandiga o‘ting →  «Покупки в интернете» ni o‘chiring.
Agar siz kartadan pul yechib olinishini xohlamasangiz, mobil ilovada ushbu imkoniyatni o‘chirib qo‘ying: «Главная» bo‘limida kartani tanlang  → «Настройки карты» → «Снятие наличных» ni bosing. Naqd pul kerak bo‘lganda, ushbu opsiyani tezda yoqishingiz mumkin.

Tinkoff Black kartasini necha yoshdan rasmiylashtirish mumkin?

Debet kartani 14 yoshdan boshlab olish mumkin. Siz faqat saytda ariza qoldirishingiz va pasport ma’lumotlaringizni ko‘rsatishingiz kerak bo‘ladi. 18 yoshga to‘lguningizga qadar kartaga xizmat ko‘rsatish uchun to‘lov olinmaydi.

Chet eldagi yaqinlarim uchun karta rasmiylashtira olamanmi?

Ha, lekin bu kartalar hisobingizga bog‘lanadi. Tinkoff Rossiyadan tashqariga kartalarni yetkazib bermaydi, shuning uchun siz yaqinlaringizga qo‘shimcha kartani berishni istasangiz, kartani Rossiyada olasiz va ularga mustaqil ravishda o‘zingiz yetkazasiz.
Mobil ilovada qo‘shimcha kartani rasmiylashtiring:
  1. Asosiy sahifadagi hisoblar ro‘yxatida siz kartani chiqaradigan hisob raqamini tanlang.
  2. «+»  → «Выпустить новую карту» tugmasini bosing.
  3. Karta kimning: sizning yoki qarindoshingizning nomiga ochilishini tanlang.
Arizani berganingizdan keyin, biz sizga kartani siz uchun qulay yerda va vaqtda olishni taklif qilamiz. Kartani yetkazib berish bepul. Siz faqat yaqiningizga kartani mustaqil ravishda o‘zingiz yetkazishingiz kerak bo‘ladi.
Siz limit o‘rnatishingiz mumkin — shunda qo‘shimcha karta egasi ma’lum summadan ortiq pul sarflay olmaydi.
Tinkoff ilovasi yoki tinkoff.ru dagi shaxsiy kabinetingiz orqali qo‘shimcha karta uchun limitni o‘rnatishingiz mumkin.
1. Ilovada kartani tanlang → «Лимит по карте» yoki agar siz uni birinchi marta o‘rnatayotgan bo‘lsangiz, «Установить лимит» ni tanlang.
Shaxsiy kabinetingizda hisoblar ro‘yxatidan kartani tanlang  → «Лимиты».
2. Qo‘shimcha karta bo‘yicha sarflanishi mumkin bo‘lgan summani kiriting.
3. Limit turini tanlang:
  • haftasiga — limit har hafta yangilanadi;
  • oyiga — limit har oy yangilanadi;
  • muddatsiz — karta bo‘yicha tanlanganidan ko‘proq summani sarflash mumkin bo‘lmaydi. Ruxsat etilgan summa sarflanganda, limitni yangilash yoki uni har oylik qilish mumkin bo‘ladi.
4. «Готово» ni bosing — limit o‘rnatildi.
Internetda xaridlarni cheklash uchun, kartani tanlang →  pastga «Настройки карты» bandiga o‘ting  → «Покупки в интернете» ni o‘chiring.
Agar siz kartadan pul yechib olinishini xohlamasangiz, mobil ilovada ushbu imkoniyatni o‘chirib qo‘ying: «Главная» bo‘limida kartani tanlang  → «Настройки карты» → «Снятие наличных» ni bosing. Naqd pul kerak bo‘lganda, ushbu opsiyani tezda yoqishingiz mumkin.

Nega mening karta uchun arizam bekor qilindi?

Bank sizga nima uchun debet karta arizasini bekor qilganligi to‘g‘risida har doim ham xabar bermasligi mumkin. Agar bunday imkoniyat bo‘lsa, bank buni xabarda ko‘rsatadi. Arizani bekor qilishning eng keng tarqalgan sabablari:
  • bank xodimi siz bilan telefon orqali bog‘lana olmadi;
  • sizda allaqachon Tinkoff debet kartasi bor;
  • siz allaqachon karta uchun ariza yuborgansiz va bank uni hali ko‘rib chiqmadi. Bunday holda, birinchi ariza ko‘rib chiqilishini kuting: bank sizni albatta o‘z qarori haqida xabardor qiladi.

Tinkoff Black kartasini oling va MDH davlatlariga pullarni foizsiz o‘tkazing

Выберите дизайн карты
Иванов Алексей Петрович
+7 (921) 123-45-67
ivan@domain.ru
01.08.1977

Гражданство РФ?

Уже заполнено
5%
+60% за контактную информацию

Shuningdek, Sizga qiziq bo‘lishi mumkin