Telefon raqami orqali pul o‘tkazish

Telefon raqami orqali O‘zbekistonga qanday qilib pul yuborish mumkin?

Agar sizda Tinkoff Black kartasi bor bo‘lsa, Tinkoff ilovasida pul o‘tkazishingiz mumkin. Kartani rasmiylashtirish
Quyidagi ko’rsatmalarga amal qiling:
  1. Android uchun Tinkoff ilovasini yuklab oling. "App Store" dan o‘chirilgandan Tinkoffning iPhone uchun ilovalaridan qanday foydalaniladi
  2. Pul o‘tkazish uchun ilovada ekranning pastki qismida "Платежи" → "Переводы по телефону" tugmasini bosing.
  3. Ochilgan ekranda bayroq belgisini bosing va pul o‘tkazilayotgan MDH davlatining kodini tanlang.
  4. Chet eldagi pul oluvchining telefon raqamini kiriting.
  5. O‘tkazma summasini kiriting va «Отправить» ni bosing.
  6. Tayyor! Pul o‘tkazmasi oluvchining kartasiga bir zumda tushadi.

Chet eldagi qarindoshlarga pullarni qanday oson o‘tkazish mumkin: Tinkoff ilovasida «Платежи» → «Переводы по телефону»ni tanlang → taklif qilingan ro‘yxatdan davlat kodini tanlang → telefon raqamini va summani, rublda yoki milliy valyutada kiriting

Pullarni rublda ham, milliy valyutada ham o‘tkazish mumkin.  Agar milliy valyutada jo‘natsangiz, valyuta qayta hisoblanadi.
Agar siz yaqinlaringiz yoki turmush o‘rtog‘ingizga doimo pul o‘tkazib tursangiz, balki sizga ular uchun qo‘shimcha kartalarga buyurtma berish qulayroq bo‘lishi mumkin.  Ular sizning hisobingizga bog‘lanadi.  Siz ulardan sarflanadigan mablag‘larga limit qo‘yishingiz va mablag‘lar sarfini nazorat qilishingiz mumkin.  Qo‘shimcha kartalarni chop etish, yetkazib berish va ularga xizmat ko‘rsatish bepul.  Siz o‘zingiz qo‘shimcha kartani Rossiyada olishingiz va uni chet eldagi qarindoshlaringizga yetkazishingiz kerak bo‘ladi.  Qo‘shimcha karta to‘g‘risida batafsil

Pul o‘tkazmasini qaysi banklarga yuborish mumkin?

Chet elga pul o‘tkazish bo‘yicha hamkor banklarning joriy ro‘yxatini Tinkoff ilovasida topishingiz mumkin. 
Banklar ro‘yxatini ko‘rish uchun, Tinkoff ilovasida «Платежи» bo‘limiga o‘ting  → «По номеру телефона» ni tanlang →  MDH davlati kodini va oluvchining telefon raqamini ko‘rsating. Shundan keyin siz pul o‘tkazmalarini yuborish mumkin bo‘lgan banklar ro‘yxatini ko‘rasiz.
Agar ro‘yxat ko‘rsatilmasa, bankni qo‘l bilan tanlashga urinib ko‘ring. Buning uchun «Другой банк»ni bosing va bankni ro‘yxatdan tanlang.
Shuningdek, Tinkoff kartasidan chet eldagi kartaga pulni boshqa yo‘llar bilan: oluvchining karta raqami yoki uning chet eldagi bank hisob raqamining rekvizitlari bo‘yicha ham o‘tkazish mumkin. Ushbu usullarning biridan foydalanish uchun Tinkoff ilovasida «Платежи» ga o‘ting va «По номеру карты» yoki «По реквизитам» ni tanlang.

Telefon raqami orqali xalqaro pul o‘tkazmasi uchun komissiya qancha? Uni kim to‘laydi?

Telefon raqami orqali MDH mamlakatlariga oyiga 20 000 ₽ gacha pullarni komissiyasiz o‘tkazish mumkin.
Agar summa ko‘proq bo‘lsa, bank limitdan oshib ketgan summaning 1% miqdorida komissiya oladi. Masalan, agar siz 25 000 ₽ o‘tkazsangiz, unda bank faqat 5 000 ₽ dan komissiya oladi — bu 50 ₽ ni tashkil qiladi.
Xalqaro pul o‘tkazmasi uchun to‘lovini jo‘natuvchi to‘laydi: bank uni o‘tkazma summasiga qo‘shadi. Biz yuboriladigan summani, komissiyani hisobga olgan holda ko‘rsatamiz, hammasi bir ekranda shaffof ko‘rsatiladi.

Tinkoff Black kartasini oling va MDH davlatlariga pullarni foizsiz o‘tkazing

Выберите дизайн карты
Иванов Алексей Петрович
+7 (921) 123-45-67
ivan@domain.ru
01.08.1977

Гражданство РФ?

Уже заполнено
5%
+60% за контактную информацию

Shuningdek, Sizga qiziq bo‘lishi mumkin